=====خانوادهزبانهایترکی/دترکيژبېکورنۍ/ Turkic Languages Speaking Family======= - a podcast by Tze-John Liu

from 2020-02-29T04:36:23

:: ::

Iso Masih oʻlikdan tirilgani haqida
1Birodarlarim, men oʻzim sizlarga yetkazgan Xushxabarning mohiyatini yana bir bor eslatib oʻtmoqchiman. Sizlar bu Xushxabarni qabul qildingiz, u imoningizning asosidir.2Oʻsha Xushxabar orqali najot topasiz, ammo sizlar men aytgan oʻsha Xushxabar orqali yetishgan imoningizda mahkam turishingiz kerak, aks holda, imoningiz bekor boʻladi.
3Menga berilgan eng muhim taʼlimotni sizlarga yetkazdim. Bu taʼlimot quyidagichadir: Muqaddas bitiklarga muvofiq, Masih gunohlarimiz uchun oʻlgan.4Keyin U dafn qilindi, uchinchi kuni esa tirildi. Bularning hammasi Muqaddas bitiklarga muvofiq sodir boʻldi.5Avval U Butrusga, soʻngra oʻn ikki shogirdiga koʻrindi.6Undan keyin bir vaqtning oʻzida besh yuzdan koʻproq birodarlarga koʻrindi. Ularning aksariyati hozirga qadar tirik, baʼzilari esa dunyodan koʻz yumib ketganlar.7Undan soʻng Masih Yoqubga va qolgan barcha havoriylarga koʻrindi.8Men rivojlanmay qolgan bir homiladay boʻlsam–da, nihoyat menga ham koʻrindi.
9Axir, men havoriylarning eng arzimasiman, havoriy deb atalishga ham loyiq emasman, chunki men Xudoning jamoatini quvgʻin qilardim.10Ammo Xudoning inoyati tufayli endi havoriyman. Uning menga koʻrsatgan inoyati zoye ketmadi, zero, men havoriylarning hammasidan ham koʻproq mehnat qildim. Lekin aslida mehnat qilgan men emas, balki Xudoning inoyatidir.11Sizlar Xushxabarni mendan eshitdingizmi yoki boshqalardanmi, farqi yoʻq, chunki biz bir Xushxabarni vaʼz qilamiz, sizlar esa oʻsha Xushxabarga ishongansiz.

Further episodes of ====(

Further podcasts by Tze-John Liu

Website of Tze-John Liu