=====??????? ??????? ???? / ? ???? ??? ?????/ Turkic Languages Speaking Family======= - a podcast by Tze-John Liu

from 2020-02-29T05:36:23

:: ::

Iso Masih o?likdan tirilgani haqida
1Birodarlarim, men o?zim sizlarga yetkazgan Xushxabarning mohiyatini yana bir bor eslatib o?tmoqchiman. Sizlar bu Xushxabarni qabul qildingiz, u imoningizning asosidir.2O?sha Xushxabar orqali najot topasiz, ammo sizlar men aytgan o?sha Xushxabar orqali yetishgan imoningizda mahkam turishingiz kerak, aks holda, imoningiz bekor bo?ladi.
3Menga berilgan eng muhim ta?limotni sizlarga yetkazdim. Bu ta?limot quyidagichadir: Muqaddas bitiklarga muvofiq, Masih gunohlarimiz uchun o?lgan.4Keyin U dafn qilindi, uchinchi kuni esa tirildi. Bularning hammasi Muqaddas bitiklarga muvofiq sodir bo?ldi.5Avval U Butrusga, so?ngra o?n ikki shogirdiga ko?rindi.6Undan keyin bir vaqtning o?zida besh yuzdan ko?proq birodarlarga ko?rindi. Ularning aksariyati hozirga qadar tirik, ba?zilari esa dunyodan ko?z yumib ketganlar.7Undan so?ng Masih Yoqubga va qolgan barcha havoriylarga ko?rindi.8Men rivojlanmay qolgan bir homiladay bo?lsam–da, nihoyat menga ham ko?rindi.
9Axir, men havoriylarning eng arzimasiman, havoriy deb atalishga ham loyiq emasman, chunki men Xudoning jamoatini quvg?in qilardim.10Ammo Xudoning inoyati tufayli endi havoriyman. Uning menga ko?rsatgan inoyati zoye ketmadi, zero, men havoriylarning hammasidan ham ko?proq mehnat qildim. Lekin aslida mehnat qilgan men emas, balki Xudoning inoyatidir.11Sizlar Xushxabarni mendan eshitdingizmi yoki boshqalardanmi, farqi yo?q, chunki biz bir Xushxabarni va?z qilamiz, sizlar esa o?sha Xushxabarga ishongansiz.

Further episodes of ====(

Further podcasts by Tze-John Liu

Website of Tze-John Liu